Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Senat raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi
Prezident imzolagan qonun bilan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
“Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, vakil konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekani belgilandi.
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
“Oliy Majlisning Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Senat va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi. Senat konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik takliflarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi Senatning reglamentida belgilanadi.
«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
17:49 / 23.10.2024