O‘zbekiston | 10:17 / 20.02.2024
9183
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrifi chog‘ida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi mamlakat delegatsiya Eronning Hamadon shahriga tashrifi davomida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi.

Foto: «Dunyo» AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, Abu Ali ibn Sino 1037 yilda vafot etgan va Hamadonda dafn etilgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Maqbara, shuningdek, Ibn Sinoga bag‘ishlangan muzey xonalarini ham o‘z ichiga.

Tabobat olamining ulug‘ vakili ziyoratidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi Eronning Bu-Ali Sino fondi raisi va Bu-Ali Sino tibbiyot fanlari universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bu-Ali Sino tibbiyot fanlari universiteti vakillari ushbu oliy ta’lim muassasasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar universitetni 55 mingdan ortiq talaba tamomlagan. Hozirgi kunda 11 ming talaba tib ilmini o‘rganmoqda. Ularga 450 ta professor-o‘qituvchilar dars beradi. Universitetda 320 ta yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani bildirildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan, ilmiy tadqiqot, sog‘liqni saqlash va texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid