2023 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 12 foizdan iborat bo‘lgani taxmin qilinmoqda
Hindistonning Diplomacy India va Sarkaritel axborot portallarida o‘zbekistonlik ekspert, iqtisod fanlari doktori Dildora Karimovaning kambag‘allikni qisqartirishning milliy modelini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, materialda «O‘zbekiston-2030» strategiyasida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish birinchi ustuvor yo‘nalish etib belgilangani qayd etilgan. Buning uchun ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida islohotlar o‘tkazish, ijtimoiy xizmatlar tizimini qayta ko‘rib chiqish va qashshoqlikni kamaytirish nazarda tutilgan.
Mamlakatda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi qabul qilingan. O‘zbekiston prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning barcha hududlarda bo‘limlari, shuningdek, respublikaning har bir shahar va tumanida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mutanosib mintaqaviy siyosat yuritish, infratuzilma va tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy mexanizmlar bilan bir qatorda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
«Minimal iste’mol xarajatlariga asoslangan milliy kambag‘allik chegarasi tasdiqlandi. Ushbu mezondan kelib chiqqan holda, 2021 yilda kambag‘allik darajasi 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda mazkur ko‘rsatkich 14 foizga tushdi, 2023 yilda esa 12 foizdan iborat bo‘lgani taxmin qilinmoqda», deb qayd etilgan maqolada.
Mavzuga oid
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
10:20 / 19.10.2024
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi
17:43 / 18.10.2024