O‘zbekiston | 09:15 / 21.02.2024
25104
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyo shaharlari orasida 1-o‘ringa chiqdi.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 08:50 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Troll.uz

Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan, Hindistonning Dehli shahri 3-pog‘onada.

O‘ntalikdan shuningdek, Dakka (Bangladesh), Yangon (Myanma), Katmandu (Nepal), Xanoy (Vetnam), Jakarta (Indoneziya), Milan (Italiya), Kalkutta (Hindiston) joy olgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.  

Mavzuga oid