«Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasini tiklash ishlari boshlandi
Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi ushbu liniyani ta’mirlashda O‘zbekiston ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi Xayraton stansiyasida «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlari boshlandi.
21 fevral kuni tadbirning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Afg‘oniston va «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ vakillari ishtirok etdi.
Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilinadi.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda «Naibobod» stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda «Hayraton» stansiyasining «B» parkida hamda temiryo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024