O‘zbekiston | 13:47 / 23.02.2024
2237
2 daqiqa o‘qiladi
IT-mutaxassislarni tayyorlash sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari tasdiqlandi
Prezident tomonidan “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
2024 yil 1 martdan:
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi;
- xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
- ingliz tilini bilish bo‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Subsidiya bitiruvchisi IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan hamda IT-park rezidenti maqomiga ega bo‘lgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.
Subsidiya olish hamda xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
10:50 / 02.10.2024
ABBYY IT-kompaniyasi rossiyaliklarni uch mamlakatdagi ofisida ishdan bo‘shatdi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024