Toshkent viloyatidagi issiqxonalarning birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi
Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, reyd davomida «Mevazor» MFYda yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan issiqxonalar faoliyati o‘rganilgan. Tekshiruv davomida fuqarolar N.A va U.K. issiqxonani isitishda avtomobil shinalari yoqqani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqarolar kelgusida bunday holatlarni sodir etmasligi to‘g‘risida ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024