O‘zbekiston | 08:01 / 24.02.2024
6815
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida transchegaraviy suvlarni nazorat qilish uchun gidropostlar ochildi

Shimoliy va Katta Farg‘ona kanallari bo‘ylab «Patar» va «Sarvak» transchegaraviy gidropostlari o‘rnatildi. Ular O‘zbekiston va Tojikistonda sug‘orish uchun sarflanadigan suv hajmini aniqroq o‘lchash imkonini beradi. Loyiha Shveytsariya hukumatining qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirildi.

Foto: Kun.uz

23 fevral kuni O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri hamda Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan transchegaraviy Katta Farg‘ona kanali va Shimoliy Farg‘ona kanali bo‘ylab ikkita gidropost ochildi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Gidropostlarning ochilishi Shveytsariya hukumatining Blue Peace Central Asia tashabbusi tufayli amalga oshirilgan. Ushbu tashabbus 2017 yilda mintaqa suv resurslarini boshqarishda transchegaraviy yondashuv zarurligiga javoban boshlangan.

Gidropostlarning ochilishi Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi, unda ikki davlat o‘rtasida hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va real vaqt rejimida ikkita stansiyadan olingan xarajat ma’lumotlarini Tojikiston va O‘zbekistonga uzatish bo‘yicha ham bayonnoma imzolandi.

«Patar» va «Sarvak» gidropostlarida suv iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida hisobga olish hamda Tojikiston va O‘zbekistonga yetkazishni avtomatlashtirish transchegaraviy kanallarda suv resurslarini yanada samarali boshqarishni ta’minlaydi, tezkor va ishonchli ma’lumot olishni ta’minlash orqali tomonlar o‘rtasidagi ishonchni oshiradi», - dedi Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma.

Mavzuga oid