Sport | 09:04 / 25.02.2024
31719
2 daqiqa o‘qiladi

Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

11-raund yakunlanganidan keyin meksikalik raqib jangni davom ettira olmadi. Bungacha u nokdaun holatiga ham tushgandi.

Foto: Ed Mulholland/Matchroom.

25 fevral tongida AQShning Florida shtati Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim o‘rta vazn (–66,6 kg) toifasida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Tsezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Tsezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.

Hakamlar g‘olibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi (109-99). 

Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi.

Bu o‘zbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi, shundan to‘qqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.

Shu tariqa, G‘iyosov yarim o‘rta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.

 

Mavzuga oid