Navalniy bilan vidolashuv marosimi hafta oxirida o‘tkazilishi mumkin
Aleksey Navalniyning tarafdorlari siyosatchi bilan ommaviy xayrlashuv marosimi uchun zal qidirayotgani haqida xabar berdi, marosim vaqti - «ish haftasi oxiri».
Aleksey Navalniy bilan vidolashuv shu ish haftasi oxiriga rejalashtirilgan va muxolifatchining tarafdorlari uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan joyni qidirmoqda. Bu haqda 26 fevral, dushanba kuni Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi.
«Biz Aleksey bilan xayrlashuv marosimi uchun zal qidirmoqdamiz. Vaqt: shu ish haftasi oxiri. Agar sizda mos joy bo‘lsa, biz bilan bog‘laning», - deb yozgan Yarmish X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq bir qancha Telegram-kanallar, jumladan, Mash ham Aleksey Navalniyning dafn marosimi 29 fevralga belgilangani haqida xabar bergan edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) direktori Ivan Jdanov bu xabarlarni yolg‘on deb atadi. «29 fevraldagi dafn marosimi va «marosim haqidagi ba’zi kanallar» haqidagi barcha ma’lumotlar - feyk. Yuliya Navalnayaning tgdagi ba’zi kanallari kabi - ular ham feyk», - deb yozdi u Telegram’da.
Aleksey Navalniy Yamal-Nenets avtonom okrugi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli «Polyarnyy volk» axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani 16 fevral kuni ma’lum bo‘ldi. Navalniyning jasadi onasi Lyudmila Navalnayaga faqat 24 fevral kuni berildi. Bundan oldin tergovchilar uni shantaj qilib, yashirin dafn marosimini o‘tkazishni talab qilgan.
Mavzuga oid
12:34 / 11.12.2024
Navalniy va uning advokatlari koloniyada yashirin kamera bilan videoga olingan
21:37 / 12.11.2024
Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan
14:10 / 14.10.2024
Jahon OAV Navalniyning xotiralaridan parchalarni chop etdi
13:10 / 05.10.2024