O‘zbekiston | 08:16 / 28.02.2024
3340
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi  

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlashga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojxona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillari soddalashtirildi.

Bundan oldin kodeksda vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi belgilangandi.

Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi. Unga ko‘ra, tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.

Mavzuga oid