Buxoroda hindistonlik 20 yoshli talaba vafot etdi. Holatni prokuratura o‘rganmoqda
Dastlabki tashxisga ko‘ra, talabaning o‘limiga o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan, institutning 2-kurs talabasi bo‘lgan Navas Nasmel 28 fevral kuni talabalar turar joyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Talaba zudlik bilan Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Navas Nasmel vafot etgan.
Dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmoniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Institut ma’muriyati tomonidan Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilingan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024