O‘zbekiston | 14:31 / 29.02.2024
2954
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning yirik ko‘rgazmalar tashkilotchisi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqda

Toshkentda tashkil etilgan matbuot anjumanida Business Media Central Asia Uzbekistan (BMCA Uzbekistan) vakilligida O‘zbekistonda Germaniyaning Messe Frankfurt ko‘rgazma kompaniyasi vakolatxonasi va rasmiy ofisi ochilishi e’lon qilindi.

Foto: «Dunyo» AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, anjumanda BMCA Uzbekistan Messe Frankfurt xalqaro ko‘rgazma konsernidan O‘zbekistonda yirik ko‘rgazmalarni tashkil qilish uchun akkreditatsiya olganligi e’lon qilindi. Endi Automechanika, Futuroad, Scalex, Heimtextile, Texworld, Apparel Sourcing va BeautyWorld kabi xalqaro ko‘rgazmalar CAEx hududida o‘tkazilishi mumkin.

Messe Frankfurt Group vitse-prezidenti Stefan Kursavski tadbirdagi nutqida kompaniyaning mintaqadagi faoliyati kengayishiga ishonch bildirib, O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashini qayd etdi. Ko‘rgazmalarning o‘tkazilishi sarmoya jalb etish, sanoatni rivojlantirish va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid