Jahon | 16:55 / 01.03.2024
15875
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut va Avdiyivka. Ikki shahar ham Rossiya qo‘shini nazoratiga o‘tgan - ammo ularning atrofida janglar tinmayapti

Ukrainada urushning 736-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Pentagon rahbari Lloyd Ostin «agar Ukraina yutqazsa, Rossiya bilan NATO jang qilishi»ni aytdi. Dmitriy Peskov uning bu so‘zlarini «haddan tashqari mas’uliyatsizlik» deb atadi.
  • Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina RF qo‘shini yozda mudofaani yorib o‘tishidan xavfsiramoqda. Ukrain razvedkasi baholariga ko‘ra, Putin hamon Kiyevni egallashni istaydi.
  • Putin Federal kengashga murojaat qildi. U Rossiya hududiga hujum va yadro qurolli qo‘llangan mojaro yuzaga keladigan taqdirda, G‘arbga zarba berilishi bilan tahdid qildi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Avdiyivka yo‘nalishidagi komandirlarning hisob-kitoblaridagi «xatolik» «mudofaa barqarorligi»ga ta’sir ko‘rsatgani haqida aytdi
  • Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya ukrainlarning 2023 yilgi qarshi hujumi tafsilotlaridan u boshlanishidan oldinroq ma’lumotga ega bo‘lgani haqida gapirdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bir kun ichida rossiyaliklarning uchta Su-34 bombardimonchisi urib tushirilgani, hafta boshidan buyon jami beshta samolyot yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi. RF mudofaa vazirligi izoh bermagan.
  • Ukraina qurolli kuchlari Maxsus operatsiyalar kuchlarining 73-dengiz guruhi harbiylari topshiriqni bajarish vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Ukrain harbiylari qayerda va qanday topshiriq bajargani, qancha odam halok bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan. RF mudofaa vazirligi Xerson oblastida 25 nafar «ukrain diversant» o‘ldirilganini ma’lum qildi.
  • Yoqutistonda Ukrainadagi urush ishtirokchisi Viktor Savvinov ikki kishini o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Qurbonlar orasida — «Rossiyaning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovi g‘olibi ham bor.

Tongni Avdiyivka yaqinida qarshilagan ukrain askari

Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Donetsk oblastining Avdiyivka shahri yaqinidagi Karlovka qishlog‘ida. 17 fevral kuni RF qurolli kuchlari ushbu shahar hududini to‘liq o‘z nazoratiga olgandi
Narciso Contreras / Anadolu Agency / Getty Images

Ukrain qo‘shinining Baxmut yaqinidagi pozitsiyasi

 

Ukrainalik jangchi boshpanada
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

 

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ukrainalik askar tankka qarshi «Rapir» zambaragi ustiga kamuflyaj mato tortmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi tibbiyot punkti

Ukraina QK harbiy shifokorlari ukrainalik yarador askarga tez yordam mashinasidan chiqishga yordam bermoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ukrainalik shifokorlar yarador jangchini operatsiyaga tayyorlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Baxmut yaqinidagi tibbiyot punktida bolalar chizgan suratlar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Tibbiyot kollejida Putinning murojaati

Saratov oblasti Engels shahridagi tibbiyot kolleji talabalari va o‘qituvchilar Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatnomasini tomosha qilmoqda. Prezidentning chiqishi butun Rossiya bo‘ylab ko‘chalardagi yirik ekranlarda, kinoteatrlarda hamda o‘quv muassasalarida translatsiya qilindi.
Foto: Avliyo Luki nomidagi Engels tibbiyot kollej

Mavzuga oid