O‘zbekiston | 07:17 / 01.03.2024
11440
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatildi

Episentr: Quva tumani. Magnituda M=3,5. Zilzila episentri Toshkentdan 257 km janubi-sharqda.

Foto: Getty images

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 1 mart kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:22 da zilzila sodir bo‘ldi

Episentr: Farg‘ona viloyati, Quva tumani. Zilzila koordinatalari: 40,45 gradus shimoliy kenglik; 72,08 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,5. Chuqurlik 11 km. Zilzila episentri Toshkentdan 257 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Quva tumanida 3 ball, 9 km;
  • Marhamat tumanida 2 ball, 20 km;
  • Quvasoy shahrida 2 ball, 20 km;
  • Toshloq tumanida 2 ball, 23 km;
  • Asaka tumanida 2 ball, 27 km;
  • Shahrixon tumanida 2 ball, 27 km;
  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 27 km.

Mavzuga oid