Iqtisodiyot | 14:30 / 01.03.2024
16677
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat ma’lum qilindi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2024 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 1,1 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasida ulushi mos ravishda 767 mln dollar va 271,2 mln dollar bo‘lgan Rossiya hamda Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkiya – 213,9 mln dollar;
- Koreya – 180,2 mln dollar;
- Germaniya – 96,3 mln dollar;
- Yaponiya – 90,3 mln dollar;
- Fransiya – 78,3 mln dollar;
- Hindiston – 67,6 mln dollar;
- Chexiya – 64 mln dollar.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024