O‘zbekiston | 18:50 / 01.03.2024
3946
2 daqiqa o‘qiladi

Uch viloyatda benzin noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

O‘zbekistonning uch viloyatida benzin yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo va Andijon viloyati boshqarmalari hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 23 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Ulardan jami 1 076 litr benzin ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, departamentning Sirdaryo va Samarqand viloyati boshqarmalari hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 12 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda Ai-80 va Ai-92 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 695 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. 

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid