Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi.
2024 yil 1 fevral holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 199 tani tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan, 4 675 tasi qo‘shma korxonalar va 9 524 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi – 3 049 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2 432 ta va 1 901 ta bo‘lgan Xitoy hamda Turkiya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qozog‘iston – 1 084 ta;
- Janubiy Koreya – 736 ta;
- AQSh – 314 ta;
- Tojikiston – 289 ta;
- Qirg‘iziston – 276 ta;
- Ozarboyjon – 235 ta;
- Germaniya – 220 ta;
- Turkmaniston – 182 ta.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024