O‘zbekiston | 15:20 / 02.03.2024
4449
1 daqiqa o‘qiladi

TIKA O‘zbekistonda tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilishda qatnashishi mumkin

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi rahbari bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serkan Kayalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va TIKA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va Agentlikning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda 1993-2023 yillar davomida TIKA tomonidan turli sohalarda umumiy qiymati 60 million dollarga teng 900 dan ortiq loyiha va dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi qayd etildi. Joriy yilda yana 13 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirish va tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

Mavzuga oid