Kubaning yangi elchisi Toshkentga tashrif buyurdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuba elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Karlos Valdes de la Konsepsyonni qabul qildi.
«Kubaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
«Janob elchiga mamlakatimizdagi o‘z faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deydi Baxtiyor Saidov.
Karlos Valdes de la Konsepsyon 2019 yildan 2024 yilgacha Kubaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Alfredo Neves Portuondo o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
10:48 / 09.11.2024
O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi
10:08 / 09.11.2024
Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi
11:58 / 08.11.2024
Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
14:50 / 31.10.2024