Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Olmazor tumani Jarariq ko‘chasida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, haydovchilardan biri hayotdan ko‘z yumdi.
4 mart kuni soat 21:00 larda Olmazor tumani Jarariq ko‘chasi 11-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, voyaga yetmagan haydovchi Q.S. (2008 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina, R.R. (1984 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 rusumli avtomashina hamda R.A. (2000 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Spark haydovchisi hamda yo‘lovchisi (2009 yilda tug‘ilgan) shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyida olingan kadrlarda Nexia 2 ham oldi, ham orqa tomonidan jiddiy shikastlangani, Spark esa old qismidan shikastlanganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024