Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarani mustahkamlash uchun 300 mln yevro sarflaydi
Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarani mustahkamlash uchun 300 million yevro yo‘naltiradi. Litva va Estoniya bilan birgalikda mudofaa chizig‘i doirasida mamlakatning sharqiy chegarasida tankka qarshi zovurlar, minalar va boshqa to‘siqlar quriladi.
Latviya yaqin besh yil ichida Rossiya va Belarus bilan chegarani mustahkamlash uchun 300 million yevro yo‘naltiradi. Mudofaa vazirligining tegishli rejasi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlandi, deb xabar berdi dpa agentligi 5 mart, seshanba kuni.
Rejalarda mamlakatning sharqiy chegarasida turli mudofaa inshootlari, jumladan, askarlar uchun mustahkamlangan pozitsiyalar, tankka qarshi zovurlar, mina va boshqa to‘siqlar, shuningdek, o‘q-dorilar omborlari qurilishi ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Latviya Davlat kanselyariyasi.
Departamentning ta’kidlashicha, ushbu reja Latviya, Litva va Estoniyaning Rossiya yoki Belarus ehtimoliy tajovuzkor harakatlaridan himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqi va NATO sharqiy qanotida yagona mudofaa chizig‘ini qurish bo‘yicha qo‘shma tashabbusi bir qismidir.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari NATO ittifoqchilari bilan birgalikda Rossiyadan himoyalanishga tayyorlanmoqda
Latviya, Litva va Estoniya mudofaa vazirlari 19 yanvar kuni Rigada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi fonida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bilan chegaralarda qo‘shma mudofaa chizig‘ini yaratishga kelishib oldi. Boltiqbo‘yi mamlakatlarining har biri o‘z istehkomlarini mustaqil ravishda moliyalashtiradi va bu ishni NATO davlatlari umumiy mudofaa siyosati bilan muvofiqlashtiradi.
Xususan, Estoniya kelasi yili mamlakatning sharqiy chegarasida 600 ta beton bunker qurishni boshlashini ma’lum qildi. «Rossiyaning Ukrainadagi urushi Estoniyani himoya qilish uchun texnika, o‘q-dorilar va ishchi kuchidan tashqari chegarada mudofaa tuzilmalari ham zarurligini ko‘rsatdi», — dedi Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur.
2023 yil iyun oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya Litvada ikki tank bataloniga ega 4000 kishidan iborat Bundesver brigadasini doimiy ravishda joylashtirishga tayyorligini aytdi. Buning uchun infratuzilmani mamlakatda 2026 yilgacha yaratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:04 / 16.12.2024
Latviyada FBK da’volari tekshirilgach korrupsiya aniqlanmadi
10:10 / 09.12.2024
Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
19:14 / 23.11.2024