Jahon | 10:16 / 06.03.2024
5838
3 daqiqa o‘qiladi

TAURUS ishlab chiqaruvchisi Ukraina harbiylarini o‘qitishga tayyor

«Biz TAURUS raketalaridan foydalanadigan mamlakatlardan harbiy xizmatchilarni tayyorlashimiz mumkin», dedi MBDA Deutschland rahbari. 

TAURUS qanotli raketasi Foto: Sven Eckelkamp/IMAGO

TAURUS qanotli raketalarini ishlab chiqaruvchi TAURUS Systems kompaniyasining 67 foiz ulushiga ega bo‘lgan MBDA Deutschland o‘z mutaxassislari Ukraina qurolli kuchlari xodimlarini ushbu turdagi qurol bilan ishlash bo‘yicha o‘qitishga tayyorligini tasdiqladi. «Biz TAURUS raketalarini ishlatadigan mamlakatlardan mijozlarni ushbu tizim bilan ishlash texnikasiga o‘rgatishimiz mumkin. Shunday qilib, bizning mijozimiz, bu holda Ukraina, TAURUS raketasini mustaqil ravishda ishlatish va boshqarish uchun barcha texnik ko‘nikmalarga ega bo‘ladi», dedi 5 mart, seshanba kuni MBDA Deutschland rahbari Tomas Gotshild kompaniyaning Shrobenxauzen Bavariya shahridagi ofisida. 

«TAURUS raketalarini mamlakatlarga sotish va mamlakatlarga sotish uchun hadli shartlar bu - pirovardida siyosiy qaror», - deya ta’kidladi u. 

Bavariya bosh vaziri - Ukrainaga TAURUS yetkazib berish tarafdori

Shu bilan birga, Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder Tomas Gotshild bilan qo‘shma nutqi chog‘ida Germaniya hukumatini Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishga chaqirdi. «Bu qurollardan foydalanish kerak», dedi Xristian-ijtimoiy ittifoqi partiyasi rahbari. Zyoderning so‘zlariga ko‘ra, bu uzoq masofali qanotli raketalarni Kiyevga sotish «ma’naviy masala va bundan tashqari, Germaniya manfaatlariga javob beradi». 

Markus Zyoder nuqtayi nazaridan, Germaniya kansleri Olaf Shols TAURUS’ni Ukrainaga yetkazib berishga to‘sqinlik qilishni to‘xtatishi kerak va bunday yetkazib berishga yo‘l qo‘yilishi haqidagi qaror Bundestag tomonidan qabul qilinishi lozim. 

Bugungi kunda Germaniya Ukrainaga AQShdan keyin ikkinchi yirik harbiy yordam yetkazib beruvchi hisoblanadi. «Shunday ekan, biz (Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazib berilgan taqdirda) urishayotgan tomon bo‘lib qolamiz, deb o‘ylash noo‘rin», - deya ta’kidladi Bavariya bosh vaziri.

TAURUS raketalari haqida 

TAURUS qanotli raketalari, ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, 500 km masofaga ega. Ta’kidlanishicha, ular bir nechta navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan va natijada nishonlarga zarba berishda aniqligi bilan ajralib turadi. Samolyot ishlab chiqaruvchi Airbus, Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi, shuningdek, Italiyaning Leonardo konserni MBDA’da ulushga ega. TAURUS Systems kompaniyasi MBDA konsernining Germaniyadagi shu’ba korxonasi hisoblanadi. Shvetsiyaning SAAB Dynamics AB mudofaa konserni ham TAURUS Systems kompaniyasida 33 foiz ulushga ega. 

Mavzuga oid