O‘zbekiston | 08:54 / 07.03.2024
3707
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi
Zangiota va Chinoz tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, idoraning Zangiota va Chinoz tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar D.A. va N.E. o‘z xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarni tijorat maqsadida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 230,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 20.09.2024
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
11:16 / 12.09.2024
Yevroittifoq Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyor
13:51 / 10.09.2024
Qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
15:54 / 04.09.2024