O‘zbekiston | 08:10 / 08.03.2024
10077
2 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilzat Qosimov prezident qarori bilan investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan 7 mart kuni bosh vazir raisligida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bosh vazir matbuot xizmatining xabar qilishicha, Abdulla Aripov raisligida o‘tgan majlisda vazirliklar va idoralar rahbarlari, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan videoselektorda xorijiy davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini so‘zsiz va o‘z vaqtida ta’minlash o‘ta muhimligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda, prezidentning tegishli qarorlari bilan Ilzat Ablahatovich Qosimov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet el davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, Xitoyning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan o‘tgan uchrashuv va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Mavzuga oid