Trampga o‘zi haqidagi dose muallifiga 300 ming funt to‘lash majburiyati yuklandi
AQSh sobiq prezidenti o‘zi sudga bergan kompaniyaning sud xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘ladi.
London sudi 7 mart, payshanba kuni Donald Trampga Orbis Business Intelligence kompaniyasiga 300 ming funt sterling (351 ming yevro) to‘lashga majburiyatini yukladi. Uning hammuassisi, MI-6 razvedka xizmati sobiq xodimi Kristofer Stil AQSh sobiq prezidenti haqidagi ma’lumotnoma muallifi bo‘lib, unda Rossiyada unga nisbatan kompromatlar borligi aytiladi.
2023 yil sentabrida Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishga intilayotgan Donald Tramp shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha Kristofer Stilni sudga bergani ma’lum bo‘ldi. 2024 yil 1 fevralda sud bu da’voni rad etdi.
«Stil dosesi»
Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari haqida ma’lumot berilgan ma’lumotnoma 2017 yilda Amerikaning BuzzFeed nashri saytida e’lon qilingan edi. U muallif sharafiga «Stil dosesi» deb nomlangan. Unda, xususan, Donald Tramp 2016 yildagi AQSh prezidentligi saylovi oldidan Rossiyadan yordam so‘ragani, shuningdek, Rossiya rasmiylarida Tramp haqida kompromat ma’lumotlar borligi da’vo qilingan.
O‘sha xabarda nashr ma’lumotnomada xatolar va tasdiqlanmagan bayonotlar borligini ta’kidlagan.
Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi
2019 yil bahorida AQSh sobiq maxsus prokurori Robert Myullerning Rossiya Amerikadagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi va Donald Tramp Rossiya bilan ehtimoliy til biriktirgani haqidagi hisoboti chop etilgan edi. Hisobotda aytilishicha, tergov «Tramp kampaniyasi a’zolari Rossiya hukumati bilan saylovlarga aralashish harakatlarida til biriktirgan yoki muvofiqlashganini aniqlamadi», ammo tergovchilar voqealarning to‘liq holatini birlashtira olmagani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, Myuller hisobotida Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuvi noqonuniy, keng tarqalgan va tizimli bo‘lgani hamda Tramp kampaniyasi bundan foyda ko‘rgani haqida xulosa qilingan.
Mavzuga oid
16:18 / 24.12.2024
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53 / 24.12.2024
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQShga sotish g‘oyasini rad etdi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
17:01 / 23.12.2024