Iqtisodiyot | 15:17 / 12.03.2024
17524
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti statistikasi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.

Foto: Pixabay

2024 yil yanvar oyida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi  – 54 ming tonna.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 29,1 ming tonna hamda 12,6 ming tonna bo‘lgan karam va mosh joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • sabzi – 10,5 ming tonna 
  • uzum (quritilgan) – 4,2 ming tonna
  • pomidor – 2,6 ming tonna 
  • uzum – 2,5 ming tonna
  • tariq – 1,8 ming tonna
  • olxo‘ri (quritilgan) – 1,6 ming tonna
  • bodring – 0,9 ming tonna
  • yeryong‘oq – 0,8 ming tonna
  • qalampir – 0,6 ming tonna

Mavzuga oid