Surxondaryoda hokim yordamchisi soxta hujjat rasmiylashtirib, qariyb 700 mln so‘mni o‘zlashtirdi
U fuqarolardan biri bilan sheriklikda soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 11 nafar fuqaro va 1 nafar tadbirkor nomiga kredit olib, talon-toroj qilgan.
Surxondaryo viloyatida hokim yordamchisi soxta hujjatlar orqali katta miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Sh. hamda tumandagi “I.” MFYda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi X.M. 11 nafar fuqaro va yakka tartibdagi tadbirkor U.T.ning nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 698 mln so‘m kredit ajratib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024