O‘zbekiston | 07:40 / 13.03.2024
4076
1 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat umumta’lim tashkilotlarida qancha o‘qituvchi ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023-2024-o‘quv yili boshida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 7 730 nafarni tashkil etgan. 

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2018-2019-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,7 barobarga oshgan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar soni:

  • 2018-2019 yilda – 1 633 kishi;
  • 2019-2020 yilda – 2 353 kishi;
  • 2020-2021 yilda – 2 859 kishi;
  • 2021-2022 yilda – 3 578 kishi;
  • 2022-2023 yilda – 5 014 kishi;
  • 2023-2024 yilda – 7 730 kishi.

Mavzuga oid