Jahon | 17:13 / 14.03.2024
21666
6 daqiqa o‘qiladi

Avdiyivka atrofida Rossiyaning «Buk» tizimlari, Baxmut yaqinida ukrainlar «koshmarmobil»i. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 749-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya regionlariga o‘nlab dronlar hujum qildi. Ryazanda «Rosnefti» zavodi zarbaga uchradi.
  • TASS va boshqa mahalliy nashrlar FXXning Belgoroddagi boshqarmasi binosi o‘qqa tutilgani haqida xabar tarqatdi. Keyinroq bu xabarlar o‘chirib yuborildi.
  • «RBK-Ukraina» manbasi tasdiqlashicha, FXX binosiga «rossiyalik ko‘ngillilar» ukrain dronlari orqali hujum uyushtirgan.
  • Rossiyaliklar droni Sumidagi turar joy binosiga urildi. Qurbonlar va yaralanganlar bor.
  • 12 mart kuni Kriviy Rihga yo‘llangan raketa zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, 40 ortiq kishi yaralangan.
  • Yevroittifoq «Yandeks» hammuassisi Arkadiy Volojga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qildi.
  • RIA Novosti Rossiya armiyasi to‘g‘risidagi «feyk» uchun Mixail Zigarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
  • Yevropa ittifoqi mamlakatlari Ukraina uchun qo‘shimcha besh milliard yevro ajratishni ma’qulladi.

Rossiyaning «Buk» zenit-raketa kompleksi Avdiyivka yaqinida

Rossiya davlat agentliklari «Buk» zenit raketa kompleksi 2024 yil martida Donetsk oblastining Avdiyivka shahri yaqinidagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgani fotosini tarqatdi. 2022 yil noyabrda RF mudofaa vazirligi «Buk-M2» va «Buk-M3»ning «birgalikdagi jangovar vazifasi» videosini e’lon qilgandi, videoda ushbu tizimlar «muntazam ravishda HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, shuningdek turli masofadagi uchish apparatlarini yo‘q qilayotgani» aytilgandi. 2014 yilda «Buk-M1» birinchi modifikatsiyasi orqali Malayziya aviakompaniyasining Donetsk oblasti ustidan o‘tayotgan «Boing» samolyoti urib tushirilgandi. Bortdagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Rossiya samolyotga zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

RF mudofaa vazirligi «Buk-M2» kompleksi «40 kilometr masofadagi samolyotlar, vertolyotlar va HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi snaryadlarini yo‘q qilishi»ni bildirgan
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, yangi «Buk-M3» 70 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni yo‘q qila oladi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
«Turli masofada ishlovchi [„Buk-M2“ va „Buk-M3“] zenit-raketa komplekslaridan birgalikda foydalanish eshelonli havo hujumidan mudofaa zonasini tashkil etish hamda dushmanning havo zarbalari samaradorligini maksimal darajada qisqartirish imkonini beradi», — deyiladi RF mudofaa vazirligi xabarida
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlangan vaqtda RF quruqlik kuchlarida 200 ga yaqin «Buk-M1» havo hujumidan mudofaa tizimi, 90 ga yaqin «Buk-M2» zenit-raketa komplekslari hamda 60 ga yaqin «Buk-M3» zenit-raketa komplekslari mavjud bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi texnika va shaxsiy tarkibdagi yo‘qotishlarini ochiqlamaydi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi ukrain jangchilari oldingi chiziqqa borishdan oldin

Chasiv Yar — RF qo‘shini tomonidan egallangan Baxmutdan 13 kilometr masofada joylashgan shahar. Ukraina qurolli kuchlari ta’minot chizig‘i o‘tgan ushbu shahar aholisi deyarli to‘liq evakuatsiya qilingan va shaharda asosan harbiylar qolgan.

5-alohida brigada jangchilari erta tongda Chasiv Yardan oldingi chiziqqa yo‘l olishga tayyorlanmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / Getty Images
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / Getty Images
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / Getty Images
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / Getty Images
5-brigada jangchilari oldingi chiziqda to‘rt kun o‘tkazishadi, keyin ularning o‘rnini boshqa harbiylar egallaydi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlariga tegishli «koshmarmobil» Baxmut yaqinida

2024 yil yanvarida Ukraina qurolli kuchlari ilk bor «koshmaromobil»ni namoyish etgandi — bu 56-alohida motopiyodalar brigadasi ko‘ngillilar bilan birga yasagan mobil baravar o‘t ochish reaktiv qurilmasi. Unga snaryadlarni uchirgich «Grad» tizimidan olingan va pikapga o‘rnatilgan. Ushbu qo‘lbola tizim bir necha oydan buyon Donetsk oblastidagi janglarda qo‘llanmoqda.

Jose Colon / Anadolu Agency / Getty Images
Jose Colon / Anadolu Agency / Getty Images
Jose Colon / Anadolu Agency / Getty Images

Kiyevdagi yodgorlikda frontda halok bo‘lgan ukrain askarlarining portretlari 

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid