Samarqandda 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ishlatgan yashirin korxona aniqlandi
Paxtachi tumanida yashovchi shaxs o‘z uyida tashkil etgan yashirin korxonada jami 2,7 mln metr kub gazni noqonuniy tarzda ishlatgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Paxtachi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yashirin korxona aniqlangan.
Tumanning “Jahonobod” MFYdagi xonadonda yashovchi J.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulangan holda 2,7 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024