To‘qayev Qozog‘iston gerbini o‘zgartirishni taklif qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi gerbni «idrok qilish» juda qiyin, unda «eklektika va sovet davri belgilari mavjud».
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi gerbni «idrok qilish» juda qiyin, unda «eklektika va sovet davri belgilari mavjud».
«Muhokamalar chog‘ida bir qator ekspertlar, jamoatchilik faollari davlat ramzlarining butun tizimini modernizatsiya qilish zarurligi haqida gapirdi. O‘ylaymanki, ko‘k bayrog‘imiz stilistik jihatdan benuqson, eng muhimi, mamlakatimizning o‘ziga xosligi va ideallarini yaqqol aks ettiradi», dedi prezident Atiraudagi Milliy qurultoyda.
To‘qayev so‘zlariga ko‘ra, xuddi gaplar Qozog‘iston madhiyasiga ham tegishli.
«Yurtdoshlarining turli yutuqlari tufayli uning ohangi butun dunyoda yangradi. Oila va do‘stlar o‘rtasida Yangi yilni madhiyaning hayajonli sadolari ostida nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Boshqacha aytganda, madhiyaning so‘zlari va musiqasi fuqarolarimiz qalbidan o‘rin olgan», dedi u.
Shundan so‘ng prezident yangi davlat gerbining eng yaxshi eskizini yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qilishni taklif etdi.
«Mutaxassislar va manfaatdor fuqarolar, jumladan, yoshlarning Qozog‘iston gerbini idrok qilishi juda qiyin, unda eklektika va sovet davri belgilari borligi haqidagi asosli dalillarni inobatga olish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Agar umumiy kelishuv bo‘lsa, barcha jihatlarni mohiyatan ko‘rib chiqadigan va jamoatchilik muhokamasini o‘tkazadigan maxsus komissiya tuzish mumkin bo‘lardi», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston Respublikasining davlat gerbi 1992 yilda qabul qilingan. Unda ko‘k fonda joylashgan o‘tovning ustki gumbazli qismi tasviri bo‘lib, quyosh nurlari ko‘rinishidagi tayanchlar har tomonga taraladi. Shuningdek, afsonaviy tulporlar qanotlari orasida besh qirrali yulduz bor. Gerb ikkita rangga ega: oltin va moviy.
Mavzuga oid
20:54
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
15:04 / 10.11.2024