Kia Bongo - biznesingiz uchun ideal yordamchidir
Kia Bongo - bu shahar bo‘ylab kichik o‘lchamdagi yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan yengil, tijoriy, yuk tashuvchi modeldir. Ushbu model, shahar ichra yetkazib berish uchun birinchidan, yuqori sifatli va ishonchli, ikkinchidan, ixcham va qulay bo‘lgan transport vositasiga muhtoj bo‘lgan kichik va o‘rta biznes uchun maxsus yaratilgan.
Har bir detaliga bo‘lgan e’tibor, ekstererining zamonaviy dizayni, ishonchliligi tufayli Kia Bongo yengil tijorat avtomobillari segmenti uchun yangi standartlarni o‘rnatadi.U Kia’ning o‘ziga xos uslubida ishlangan radiator panjarasiga ega ko‘rkam ekstererga, aerodinamikani hisobga olgan holda takomillashtirilgan kabinaning dizayniga hamda vaqt sinovidan o‘tgan dvigatel va transmissiyaga ega.
Kia Bongo og‘irligi 1000 kg gacha bo‘lgan yuklarni tashish imkoniga ega bo‘lib, quyidagi o‘lchamlarga ega: uzunligi - 5125 mm, kengligi - 1740 mm va balandligi - 1970 mm.
Kia Bongo’ga har xil turdagi kuzovlar o‘rnatilishi mumkin: bortli kuzov, refrijyerator, furgon, manipulyator, sisterna va boshqalar.
Opsiyalari
Kia Bongo’ning saloni qulay, funksional va amaliydir. Mato bilan qoplangan o‘rindiqlar qalinlashtirilgan orqa suyanchig‘i va yostiqchaga ega bo‘lgan, puxta o‘ylangan, maqbul dizaynga ega, shuningdek, rulning balandligini bo‘yicha sozlanishi ham ko‘zda tutilgan. Kia Bongo’ning Standard Cab va Super Cab opsiyalari ro‘yxatida: konditsioner, USB ulagichga ega magnitola, shamollatish va isitish tizimi, markaziy qulfning masofaviy boshqaruvi, orqa parkovka datchiklari, kunduzgi yurish chiroqlari, rezinadan qo‘shimchalarga ega ort bort, loydan himoyalagichlar va bortli kuzov mavjud. Kia Bongo Double Cab sohiblarini esa o‘rindiqlarni sun’iy charm bilan qoplanishi, USB ulagichga (2din) ega magnitola va audiotizimni rulda o‘rnatilgan boshqaruvi kabi qo‘shimcha qulay opsiyalar kutishmoqda.
Dvigatel va transmissiya
Uchinchi avlodga mansub Kia Bongo 80 ot kuchi quvvatiga, 2665 kub.sm hajmli va 2400 aylanish tezligida 165 N*m aylantiruvchi momentga ega to‘rt silindrli J2 dizel dvigateli bilan taklif etiladi. Ishonchli, nosozliklar nima ekanligini bilmaydigan quvvat agregati butun dunyo bo‘ylab katta obro‘ga erishgan. Dvigatel besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birlashtiriladi. Orqa mostning reduktoriga uzatiluvchi privod kardan vali yordamida amalga oshiriladi..
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan servis xizmat ko‘rsatilishi oralig‘i 7500 km. ni tashkil qiladi. Bu, shu jumladan, podveska rul, transmissiyaning turli xil qismlarining shpritsovkalanishii o‘z ichiga oladi.
Kia Bongo 4 komplektatsiyada mavjud:
▪️ Standard Cab (shassi, kuzovsiz) - 241 047 690 so‘m
▪️ Standard Cab -249 978 690 so‘m
▪️ Super Cab -254 444 190 so‘m
▪️ Double Cab - 272 306 190 so‘m
Narxlar 31.03.2024 yil sanasigacha amal qiladi
Kia Bongo’i foizsiz bo‘lib to‘lash va klassik kredit asosida xarid qilinishi mumkin. Eng maqbul shartlarni hisoblashni Kia’ning dilerlik markazlaridagi sotuv bo‘limlari xodimlariga murojaat qilib, kompaniyaning (+998) 55-500-83-33 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyaning sayti, telegram bot orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilingan Kia Bongo avtomobillari uchun 3 yil yoki 100 ming kilometr masofa yurishiga kafolat amal qiladi.
Kia’ning rasmiy dilerlik markazlari manzillari:
• Kia Sergeli - Sergeli tumani, Alisher Navoiy mavzesi, Toshkent avtomobil halqa yo‘li;
• Kia Yakkasaroy - Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 70A;
• Kia Andijan - Andijon shahri, "Jalabek" KFY, S.Ashurov mavzesi;
• Kia Denov - Surxondaryo viloyati, Denov tumani, "Lochin" mahallasi, Humo ko‘chasi;
• Kia Bukhara - Buxoro shahri, A380, Gazli trassasi;
• Kia Kokand - Qo‘qon shahri, Movaraunnahr ko‘chasi, 94G-uy.
• Kia Fergana - Farg‘ona shahri, Aeroport ko‘chasi 310A bino
• Kia Samarkand ADM Aster - Samarqand shahri, Rasadxona MFY, Cho‘ponota mavzesi, 50A
• Kia Termez - Termiz shahri, Saxovat mahallasi, Shimoliy darvoza ko‘chasi, 17K-uy
• Kia Kibray - Toshkent viloyati, Qibray tumani, Navoiy ko‘chasi, 82 uy