Uchta uyushma raislari o‘zgardi
Charm sanoati, to‘qimachilik sanoati va gul yetishtiruvchilar uyushmalari rahbarlari bir kunda o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini tark etdi. Jami 12 ta tarmoq va sanoat uyushmalari Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda 18 mart kuni uchta tarmoq uyushmasi rahbarlari o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Boboyev Faxriddin Atoyevich lavozimini tark etdi. Rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib uning o‘rinbosari Nurmuhamedov Farhod Hasanovich tayinlandi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi bo‘lib ishlagan Ilhom Haydarov o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Mirmuhsin Sultonov tayinlandi.
Gul yetishtiruvchilar uyushmasi raisi Alisher Musaboyevning lavozimini vaqtincha Sh.Nuriddinov egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini yaxlit tizimda birlashtirish maqsadida 12 ta tarmoq va sanoat uyushmasini Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tkazish taklif etilgandi.
“Bu orqali loyiha tayyorlash va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga o‘tadi. Natijada ularning talab va istaklarini eshitish, muammolarini hal qilish osonlashadi, tadbirkorlarning o‘zaro hamkorligi kuchayadi”, – deyilgandi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024