O‘zbekiston | 11:43 / 19.03.2024
5264
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 368 mln so‘mlik sof quyma oltinni Toshkentda o‘tkazish uchun olib ketayotganlar ushlandi

463,94 gramm sof quyma oltinni Toshkent shahrida o‘tkazish uchun olib ketayotgan shaxslar Bulung‘ur tumanida ushlandi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi, DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, tuman hududidan o‘tuvchi M-38 avtomobil yo‘lining “Yuqori nuqta” YPX maskanida "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina yo‘lovchisi M.R.ning yonida fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shaharida o‘tkazish uchun berib yuborilgan og‘irligi 463,94 gramm bo‘lgan bahosi 368 mln so‘mlik 2 dona sof quyma oltin bo‘lagini olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid