Jamiyat | 19:00 / 21.03.2024
17904
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Cambridge University Press and Assessment: O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganishning yangi darajasi

Cambridge University Press and Assessment tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida 2022 yildan buyon 40.000 dan ortiq TKT imtihonlarini ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkillashtirib, xalqaro tan olingan sertifikatlarni o‘qituvchilarga taqdim etdi.

Cambridge University Press and Assessment tomonidan yaratilgan TKT - Teaching Knowledge Test (O‘qitish bilimlari testi) imtihoni dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida tan olingan bo‘lib, ingliz tili o‘qituvchilarining dars o‘tish bilimlarini va ko‘nikmalarini tekshirish orqali, ularni o‘z ustilarida ishlashlarini rag‘batlantirish uchun foydalanib kelinadi. Ushbu test 5 ta moduldan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:

3 tasi asosiy modullar:

-        Module 1 - Tilni o‘rganish va o‘qitish asoslari

-        Module 2 - Darsni rejalashtirish va tilni o‘qitish uchun resurslardan foydalanish asoslari

-        Module 3 - O‘qitish va o‘rganish jarayonlarini boshqarish asoslari, 

2 tasi qo‘shimcha modullar:

-        TKT:CLIL (Content and Language Integrated Learning)

-        TKT:YL (Young Learners)

O‘zbekistonda asosan o‘qituvchilar tomonidan 3 ta asosiy modullar bo‘yicha test topshirilib, Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilgan xalqaro tan olingan sertifikatini qo‘lga kiritishadi.

TKT imtihonlari O‘zbekiston hududida Cambridge University Press and Assessment tomonidan ro‘yxatga olingan 3 ta test markazlari xususan Edu-Action Test markazi tomonidan tashkillashtirib o‘tkaziladi. Bunda barcha savollar Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etiladi va test markazlari tomonidan joylarda testlar tashkillashtirib o‘tkaziladi. Test javoblari xolislikni ta’minlash maqsadida, faqatgina Cambridge University Press and Assessment tomonidan O‘zbekistondan tashqarida tekshiriladi va baholanadi, so‘ngra sertifikatlar taqdim etiladi. Alohida ta’kidlash joizki O‘zbekistonda TKT imtihonini topshirishga bo‘lgan qizqishning jadal rivojlanishi o‘z navbatida Cambridge University Press and Assessment tomonidan test jarayonlarida shaffoflikni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston bozori uchun maxsus qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ham ishlab chiqib, eng asosiysi qo‘lga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligini Davlat tashkilotlari tomonidan tekshirib olishlariga qulayliklar yaratish borasida bir qancha o‘zgartirishlar amalda tatbiq etildi. 

Shu bilan bir qatorda Cambridge University Press and Assessment o‘qituvchilarning bilimlarini oshirish va TKT test sinovlarida yuqori natijalarga erishishlari uchun test markazlari bilan birgalikda test o‘tkazishning standart modellaridan va jarayonlaridan tashqari bir qator maxsus tadbirlar ham tashkillashtirildi. Ushbu maxsus tadbirlar O‘zbekistondagi uchta Cambridge imtihon markazlari va davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashni hamda mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilarga yetakchi malakalar TKT, CELTA, DELTA kurslarini va testlarini tashkillashtirish, o‘quv materiallari, nashrlar, onlayn seminarlar va bepul resurslar taqdim etishni o‘z ichiga olgan. Xususan, Cambridge University Press and Assessment tashkiloti Edu-Action test markazi bilan yaqin hamkorlikda quyidagilarni amalga oshirdi:

·       Har yili 4000 dan ortiq o‘qituvchilar uchun bepul ta’lim seminarlari va vebinarlarini Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilmoqda.

·       TKT ga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan “Train the Trainer” dasturi orqali 50 dan ortiq o‘qituvchi trenerlari tayyorlandi.

·       O‘qituvchilarga test topshirishda qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning o‘n ikki shahrida test sessiyalarini tashkil etilmoqda.

·       Test natijalari va ularning tasdiqlanishini ta’minlash uchun maxsus verifikatsiya platformasi (verification.edu-action.uk)  yaratildi.

·       Cambridge University Press and Assessment har yili to‘rt mingdan ortiq ishtirokchi qatnashadigan o‘qituvchilar uchun TKT tanlovlarini o‘tkazdi.

·       TKT imtihonining standart imtihon o‘tkazish protokollariga qo‘shimcha tarzda, O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan xavfsizlik choralarini kuchaytirish borasida sezilarli o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar imtihon qoidalarining buzilishi xavfini sezilarli darajada kamaytirishga, verifikatsiya usullarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu tadbirlar samarasini oshirish borasida yangi loyihalar ustida ham ishlanmoqda.

Edu-Action test markazi 2018 yildan buyon xalqaro tashkilotlar, xususan IDP IELTS Australia bilan hamkorlikda IELTS test sinovlarni, Cambridge University Press and Assessment bilan hamkorlikda Cambridge English Qualifications (Pre A1 Starters, A1 Movers, A2 Flers, A2 Key for Schools, B1 Preliminary for Schools, B2 First for Schools, C1 Advanced, C2 Proficiency) va Cambridge English Teaching Qualifications (TKT, CELTA, DELTA)  sertifikatlarni olish uchun imtihon va kurslarini tashkillashtirib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor tobora rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda sohaga malakali pedagoglarni jalb etish maqsadida bir qancha qarorlar ishlab chiqildi va shu o‘rinda alohida e’tiborlisi bu 2021 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi  prezidenti tomonidan imzolangan PQ-5117-sonli qarori hisoblanadi. Shu qaror 5-bandining “a” qismida ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qaror ijrosi amalda maktab va oliy ta’lim muassasalarida ishlovchi ingliz tili o‘qituvchilarini o‘z ustilarida ishlashlari, malakalarini oshirish va o‘z navbatida bilimlarini xalqaro imtihonlar, xususan TKT imtihonini topshirish orqali tasdiqlashlari uchun katta turtki bo‘ldi.

Maqsadimiz, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini yangi darajaga ko‘tarish, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar va rivojlanishlarni jadallashtirish va o‘ylaymizki Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilgan resurslar, dasturlar va nashrlar shubhasiz, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ularning xalqaro standartlarga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga yordam beradi.   

Ma’lumot uchun: koll-sentr: (+998) 71 230-01-03

Sayt | Instagram | Telegram | Telegram bot

Mavzuga oid