Kiyev yoppasiga o‘qqa tutildi: yonib ketgan mashinalar, shikastlangan uylar va hosil bo‘lgan o‘ralar - fotosuratlarda
Bir oydan ortiq davom etgan tanaffusdan keyin Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbasi yo‘lladi, raketalarning katta qismi Kiyevga uchirildi. Ukraina poytaxtida 13 kishi jarohatlangan.
Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning o‘nga yaqin Tu-95MS rusumli bombardimonchi samolyotlari uchirgan raketalar Kiyev vaqti bilan ertalabki soat 4 dan keyin Ukraina chegarasidan o‘ta boshlagan.
Ukraina QK havo kuchlari tungi hujum vaqtida 31 ta raketa urib tushirilganini xabar qilgan. Ukrainalik harbiylar yozishicha, RF armiyasi X-101/X-555 rusumli 29 ta qanotli raketadan foydalangan. Bundan tashqari, «Iskander-M» va «Kinjal» rusumli yana ikkita ballistik raketalar ham bo‘lgan.
Kiyev shahri ma’muriyati xabar berishicha, poytaxtning Shevchenkovo rayonida ko‘p qavatli turar joy binosi shikastlangan va xususiy uy yonib ketgan. Svyatoshinskiy rayonida ham ko‘p qavatli uy shikastlanishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Podolskiy rayonida parchalar qurilish hududiga tushgan, binoning tomida yong‘in boshlangan, shuningdek transformator stansiyasi yonib ketgan.
Tinch aholi vakillaridan 13 kishi jarohatlangan, to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan.
RF mudofaa vazirligi Ukraina raketa zarbalar yo‘llanganini tasdiqlagan. «Rossiya havo-kosmik kuchlari 21 martga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markazlari, moddiy-texnik ta’minot bazalari, maxsus topshiriqli kuchlar va yollanma jangchilarning vaqtincha joylashuv nuqtalari bo‘ylab yuqori aniqlikdagi raketalar, jumladan «Kinjal» orqali zarbalar yo‘llandi. Zarbalardan maqsadga erishildi. Barcha obektlar aniq nishonga olindi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024