O‘zbekiston | 08:30 / 22.03.2024
9213
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2 oyda meva-sabzavot mahsulotlarini asosan ikki davlatga eksport qildi 

2 oyda 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 150,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 foiz), Rossiya (26,1 foiz), Qozog‘iston (9,1 foiz) va Xitoy (9 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024 yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 foizini tashkil etgan.

Mavzuga oid