Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi shifoxona yaqinida 170 falastinlik o‘ldirilganini ma’lum qildi
Bayonotda aytilishicha, 800 nafardan ortiq odam hibsga olingan, qurol-yarog‘ musodara qilingan.
Isroil armiyasi (TsAHAL) 23 mart kuni G‘azo sektoridagi Ash-Shifo shifoxonasiga uyushtirilgan reyd va hujumlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 170 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Harbiylar bayonotida aytilishicha, Isroil armiyasi va Shin Bet xavfsizlik kuchlari «tinch aholi, bemorlar, tibbiy guruhlar va tibbiy jihozlarga zarar yetkazmagan holda» hududda «maqsadli janglarni» davom ettirmoqda.
Bayonotda aytilishicha, harbiylar 170 nafarga yaqin falastinlikni o‘ldirgan va 800 nafardan ortiq gumondorni hibsga olgan.
Isroil armiyasi dushanbadan beri Ash-Shifo shifoxonasi yaqinida hujum uyushtirmoqda va bu minglab bemorlar va ko‘chirilgan falastinliklarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
Shuningdek, 18 mart kuni boshlangan va dengiz floti bo‘linmasi va zirhli brigada tomonidan amalga oshirilgan reyd chog‘ida terrorchi guruhlarga tegishli infratuzilma va qurol-yarog‘ omborlari aniqlangan.
Isroil harbiy-havo kuchlari o‘tgan kun davomida G‘azodagi 35 ga yaqin nishonga, jumladan, qo‘mondonlik punktlari va terrorchi guruhlarga tegishli boshqa infratuzilma obektlariga zarba berdi.
TsAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoning markazida Nahal brigadasi a’zolari o‘tgan kun davomidagi shiddatli janglarda 15 ga yaqin terrorchini yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024