Koreyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Kim Xi-sang o‘z mamlakatining tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, 2024 yil 12 yanvardan buyon diplomat Cho Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligida 54 yoshli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan shug‘ullanadi.
U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993 yildan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham ishlagan. 2022 yil 24 noyabr kuni Kim Xi-sang Toshkentdagi elchi sifatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
2024 yilning 14 mart kuni Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Koreya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
08:10 / 30.11.2024
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:20 / 07.10.2024