Jahon | 23:32 / 25.03.2024
11221
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQShga safarini bekor qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat delegatsiyasining AQShga safarini bekor qildi. Avvalroq AQSh BMT Xavfsizlik kengashining G‘azoda Ramazon vaqtida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasiga veto qo‘ymagandi.

Foto: Reuters

AQSh kengashning bu borada rezolyutsiyasiga ovoz bermagan, ammo unga veto ham qo‘ymagandi. G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga odatda amerikaliklar veto qo‘yib kelishayotgandi.

Shu bois Netanyahu Isroil strategik masalalar vaziri Ron Dermer boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga safarini bekor qildi. Isroil bosh vaziri ma’muriyatiga ko‘ra, AQShning rezolyutsiyaga veto qo‘ymagani HAMASga umid bag‘ishlab, Isroilning asirlarni qutqarish bo‘yicha harakatlariga xalaqit beradi.

Vashington Isroil delegatsiyasi safari bekor qilinganidan hayron qolganini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid