Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 6 kishi jarohat oldi
Chilonzor tumanida BMW “Matiz”ning orqa qismiga to‘qnashgan, so‘ng KIA’ga borib urilgan. To‘qnashuv zarbidan KIA bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasiga to‘qnashgan.
Joriy yilning 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KHAY ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BMW rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga to‘qnashgan, so‘ng BMW KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan KIA rusumli avtomashina chap tomoniga borib urilgan.
To‘qnashuv zarbidan KIA avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi, shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan yo‘l harakati qoidalarga amal qilishni hamda tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:32 / 20.11.2024
Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohat oldi
15:53 / 19.11.2024
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi
08:10 / 22.10.2024
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
08:40 / 21.10.2024