1 apreldan metan-shoxobchalarda cheklangan narxning amal qilish davri tugaydi
O‘tgan yili sentabrda qabul qilingan hukumat qarori bilan, 6 oy davomida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan gaz narxi 3250 so‘mdan oshib ketmasligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan edi. 1 apreldan bu muddat yakuniga yetadi va chakana narx oshishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Toshkentdagi ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1 apreldan metan gaz narxi oshishi haqida e’lonlar paydo bo‘lgan. E’londa 1 metr kub gaz narxi 3800 so‘m bo‘lishi ma’lum qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi 475-sonli qarorida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi 6 oyda bir kub metr uchun 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi belgilangan edi. 1 apreldan boshlab ushbu muddat tugaydi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar tadbirkorlarning narxni oshirish yoki oshirmaslik haqidagi qaroriga aralasha olmaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi narxlar davlat tomonidan tartibga solinmaydi va narxni tadbirkorlar mustaqil belgilaydi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024