O‘zbekiston | 14:08 / 26.03.2024
3807
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda avtomobilda tashuvlar sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni aytildi 

2023 yil davomida respublika bo‘yicha avtomobilda tashuvlar sohasida 110 298 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Foto: AOKA

Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi, 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi

2024 yil 1 yanvar holatida respublikada avtomobil transporti sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 3 970 ta korxonalar (MChJ)lar mavjud.

Mazkur litsenziyalangan transport vositalari 229 917 tani tashkil etmoqda, jumladan, avtobuslar 7 779 tani, mikroavtobuslar 3 579 tani, yengil avtomobillar soni 195 346 tani (damas 30 541), yuk avtomobillari esa 23 213 tani tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha joriy yil 1 yanvar holatiga tashuvchilar tomonidan 2 426 ta muntazam yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan ulardan 546 tasi shahar yo‘nalishlari, 1652 ta shahar atrofi hamda 228 tasi shaharlararo yo‘nalishlaridir.

“Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqilyapti va bu tizim “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi hamda joriy yil 2-chorakdan test rejimida ishga tushiriladi.

Mavzuga oid