Jahon | 01:00 / 27.03.2024
12964
1 daqiqa o‘qiladi

Fermerlar Yevrokomissiya binosiga go‘ng sepishdi

Yevropada fermerlarning norozilik aksiyalari davom etmoqda. 26 mart kuni Yevropa dehqonlari yana Bryusseldagi Yevropa kvartalida norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Yuzlab traktorlar kvartalni to‘sib qo‘ydi. Fermerlar namoyishni tinchitishga safarbar qilingan politsiyaga lavlagi otishdi, Yevrokommisiya binolariga esa go‘ng sepishdi.

Politsiya bunga javoban ko‘zdan yosh chiqaradigan gaz va suvsepar mashinadan foydalandi. Bu Belgiyadagi yil boshidan buyon o‘tkazilayotgan uchinchi yirik namoyish bo‘ldi.

Yevropa fermerlari Ukrainadan bojsiz kirib kelayotgan oziq-ovqat muhsulotlari bozordagi narxni tushirib yuborayotganidan norozi. Shuningdek, ular Yevropa Ittifoqi davlatlari fermerlar uchun ko‘plab imtiyozlarni bekor qilishini istamayapti.

Mavzuga oid