Toshkentda chinor daraxti shoxlarini kesgan fuqaro 18 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
Joriy yilning 26 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ullari tomonidan tuman hududi bo‘ylab navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan mazkur nazorat tadbirlar davomida Shayxontohur tumanining Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-sonli uy oldida fuqaro Sh.A. tomonidan yetti tup chinor daraxti shoxlari o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada kesilgani aniqlangan.
Aniqlangan ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.A.ga nisbatan davlat inspektori tomonidan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning yigirma besh barobari (8 500 000 so‘m) miqdorida jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar uchun (9 520 000 so‘m) miqdorda ta’sir chorasi qo‘llandi.
Mazkur fuqaro tabiatga yetkazgan zarari uchun jami miqdorda (18 020 000 so‘m) to‘laydigan bo‘ldi, deb xabar qildi Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024