O‘zbekiston | 13:42 / 28.03.2024
4168
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 

Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18 800 qalbaki AQSh dollarini fuqaro A.Q.ga 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid