O‘zbekiston | 12:24 / 28.03.2024
13051
1 daqiqa o‘qiladi

Xabarovskda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi

Tuladagi «TKT Tulskiy» korxonasida ishlayotgan fuqarolar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Xabarovsk o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Volgogradda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Tulada ishlayotgan fuqaroning ish haqi undirib berilib, mazkur hududdagi «EkoStroy» qurilish korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yildi.

Mavzuga oid