O‘zbekiston | 10:30 / 29.03.2024
18655
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxiri yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘yicha 29-31 mart kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 29 mart kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida kunning birinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi havo harorati +8...+13 daraja atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo +14...+17 darajagacha iliydi.

Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o‘tar kechasi havo +0...+5 darajagacha bo‘ladi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharq tomondan esadi, bugun ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 29 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat +10...+12 daraja, shanba kuni +12...+14 daraja, yakshanba kuni +14...+16 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat +3...+5 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Mavzuga oid