O‘zbekiston | 11:51 / 01.04.2024
6486
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtirilyapti

Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining maqsadi, vazifalari va prinsiplari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish uchun qo‘yiladigan talablar hamda ta’limning standartlashtiriladigan turlari;
● davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini, malaka talablari, namunaviy (tayanch) o‘quv reja va dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.

Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

● tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;
● ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yo‘naltirish;
● ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish.

Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda mavjud ta’lim turlari YuNeSKOning “Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

2024 yil 1 avgustga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagilarni nazarda tutuvchi ds.uz - Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portalini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid